Ma’lum qilganimizdek 2011
yilning 15 dekabr kuni Alisher
Uzoqovning nikoh oqshomi shahrimizning ko'rkam restoranlaridan biri
"Oqshom" restoranida bo'lib o'tdi.
Unga tashrif buyurgan mehmonlar
kutilmagan holatlarga guvox bo’lishdi. Avvaldan puxta tayyorgarlik ko’rgan
marosim tashkilotchilari "KRYSTAL MEDIA , HAPPY DAY ” shu kuni tashrif buyurgan
mexmonlar yodida qoladigan kun taqdim etishdi.
Eshik oldidanoq teleboshlovchi
Ravshan Hakimov estrada va kino yulduzlarini videokameralar yordamida, interyu
shaklida kutib olganligi ham ushbu nikoh oqshomining etiborli voqealaridan biri
bo’ldi. Marosimga asosan mexmon sifatida tashrif buyurgan Shou-biznes vakillari
esa nikoh kechasiga odatga ko'ra o'z avtomobillarida emas, uzun limuzinda kiribdi
bu esa ssenariydagi yana bir kutilmagan
voqea bo’ldi.
Barchaga ma'lum, ayniqsa
san'atkorning to'yiga tashrif buyuruvchilar juda ko'p bo'ladi. Biroq,
to'yxonadagi joylar soni esa cheksiz emas. Buni oldini olish maqsadida to'yxona
eshik oldidanoq mehmonlarni "Tekshiruvchi Security"lar kutib olishdi.
Agar taklifnomangiz bo'lmasa, hattoki uyda qolib ketgan bo'lsa ham to'yxonaga
kirish ta'qiqlanadi!
Alisher Uzoqovning
kuyovjo'rasi Odil Ahmedov! Ha, bu o'sha futbol bo'yicha O'zbekiston Milliy
terma jamoasi vakili Odil Ahmedov.
Marosim boshlovchilari Davron
Kabulov va Zarina Nizomiddinova shunday unutilmas kunni fayzli o’tishida o’z
xissalaini ayamadilar.
Xullas, kelin-kuyovni tabriklash
uchun deyarli barcha yulduzlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Erkin Komilov,
Abzal Rafiqov, Mahmud Ismoilov, Shohida Ismoilova, Yayra Abdullaeva, Elyor
Nosirov, Behzod Muhammadkarimov, Yodgor Sa'diev, Sardor Rahimxon, Ulug'bek
Rahmatullaev, Rayhon, Shahzoda Matchonova, Zarina Nizomiddinova, Jahongir
Poziljonov, Farruh Soipov, Sanjar Shodiev, Madina Mumtoz, Ozodbek Nazarbekov,
Ziyoda, Javlon Shodmonov, Muhammadiso Abdulxayirov, Shohruhxon, Samandar, Aziz
Rametov, Mirjamol, Doniyor Agzamov, Oybek va Nigora, Dilshod Kattabekov, Zuhra
Solieva, Dilshod Xoliqov, "Shod" guruhi, Adiz Rajabov, Iroda
Nosirova, va juda-juda ko'p yulduzlar. Qisqa qilib aytganda, haqiqiy yulduzlar
yog'dusi!
To’y marosimi avvaldan
rejalashtilirgandek yopiq to’y shaklida o’tdi yani shaxsiy foto va
videokameralardan faoydalanish taqiqlandi.
Demak Alisher Uzoqov ham bo'ydoqlar ro'yhatidan
rasman o'chirildi.
Vatanimizda yana bir baxtli
oila paydo bo’ldi.
Alisher Uzoqovga baxt va omad
tilab qolamiz.
|